Sherali Jo'rayev

Текст песни Iltijo

Iltijo видео клип

Голоса:
0
Неверный текст?

Переводы песни Iltijo:

транслит

Sherali Jo'rayev - Текст песни Iltijo

Bahor kelsa boshlanar bogʻda bulbul хonishi,
Saʻva, qumri nagʻmasi, suralay tovlanishi,
Qirlarda navroʻz sayli, lolalarning yonishi,
Toʻxtamas tabiatdan haqqushlar zorlanishi Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan. Qilmishi qingʻir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolgʻiz otga olamda nom qayda, nishon qayda?Sherali Jo'rayev - Iltijo - http://ru.motolyrics.com/sherali-jorayev/iltijo-lyrics.html
Bahor, sensiz sahroyu togʻu toshga jon qayda? Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan. Maysadagi shudringlar kimlarning koʻz yoshlari,
Giyoh bilan qoplanmish koʻhna qabr toshlari,
Bu yerda yotar otam, yovqur elatdoshlarim,
Har bahor eslar uni qavmu qarindoshlarim. Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan,
Ketma, bahor, ketma, ey, mening bogʻimdan.

Оставить комментарий

Что вы думаете о песне "Iltijo"? Напишите ваш комментарий.

Рекомендуемые песни