- Голоса:
Noma`lum - Текст песни O'ksimagin o yurak
O'ksimagin, o, yurak,
Bo'lma xomush, bo'lma lol,
Mening otam - oq terak,
Mening onam - majnuntol.
Osmonda oy yolg'izdir,
Yolg'izman men ham axir,
Mening opam yalpizdir,
Singlim - lola qonbag'ir. Yov hisobin qilmayman,
Mard bo'lsa, jon fidodir,
Do'stlarim kim, bilmayman,
Mening yorim Xudodir.
To'shagim shu sho'r tuproq,
Ko'rpam ko'kda bulutdir,
Mening akam - ulug' tog',
Mening ukam burgutdir. To'shagim shu sho'r tuproq,Noma`lum - O'ksimagin o yurak - http://ru.motolyrics.com/nomalum/oksimagin-o-yurak-lyrics.html
Ko'rpam ko'kda bulutdir,
Mening akam - ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Tabassumim - chaqmoqlar,
Yomg'irlar ko'z yoshimdir.
Arslon meni ardoqlar,
Qoplon qarindoshimdir. To'shagim shu sho'r tuproq,
Ko'rpam ko'kda bulutdir,
Mening akam - ulug' tog',
Mening ukam burgutdir.
Yov hisobin qilmayman,
Mard bo'lsa, jon fidodir,
Do'stlarim kim, bilmayman,
Mening yorim Xudodir. Submitter's comments: Есть клипы с песнями, где все неизвестно, и автор, и исполнитель. Зачастую сами выложившие клип ищут сведения об этих песнях. Под псевдонимом Noma'lum (неизвестный), думаю, можно выкладывать их, с переводом.