Ark guruhi

Текст песни Sarob

Sarob видео клип

No photo
Обзор
Голоса:
0
Неверный текст?

Переводы песни Sarob:

русскийтранслит

Ark guruhi - Текст песни Sarob

Koʻzdan oqar yoshim,
Egik magʻrur boshim.
Armon oʻrtaga botdi,
Qani baxt quyoshim? Mening birgina baxtim
Oʻzing eding xolos,
Shu baxtimdan ayirar
Egningdagi oq libos… Endi bu yor-yorlar
Mening bagʻrim yular.
Seni oʻrar gullar,
Meni-chi, qaygʻular. Armonga aylanar
Biz qilgan orzular,
Ayt, vaqtinchalikmidi
Sendagi tuygʻular?! Endi bu yor-yorlar
Mening bagʻrim yular.
Seni oʻrar gullar,
Meni-chi, qaygʻular. Sarobga aylanar
Baxt tomon yoʻllar,
Yo vaqtinchalikmidi
Sendagi tuygʻular? Koʻziga toʻlib nam,
Yigʻlar mening erkam,
Balki, bu ayriliq
Qiynaydi uni ham? Boraman ortidan,
Uni toʻxtatolmay,
U esa ketadi
Ortiga qaramay. Endi bu yor-yorlarArk guruhi - Sarob - http://ru.motolyrics.com/ark-guruhi/sarob-lyrics.html
Mening bagʻrim yular.
Seni oʻrar gullar,
Meni-chi, qaygʻular. Sarobga aylanar
Baxt tomon yoʻllar,
Yo vaqtinchalikmidi
Sendagi tuygʻular? Borolmay sen tomon,
Qalbimda gʻalayon!
Sensiz bu yuragim
Yashashi ham gumon. Sen esa yigʻlama,
Yoshlar toʻkma dardli.
Men uchun ham, jonim,
Doim boʻlgin baxtli. Yuragim qon yigʻlar,
Qolib sensiz.
Balki shundan uning
Nigohlari gʻamli. Nahot endi yashayman
Bir umr baxtsiz?
Mayli, men uchun ham,
Jonim, sen boʻlgin baxtli. Yolgʻizlikdan yuragim
Urmay qolsa oʻzi,
Muzlagan tanamni ham
Ketsa ruhim tashlab,
Yigʻlama ortimdan,
Izim izlama boʻzlab.
Osmonlarda yashayman
Sening baxting soʻrab…

Оставить комментарий

Что вы думаете о песне "Sarob"? Напишите ваш комментарий.

Рекомендуемые песни